• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mavsumga tayyorgarlik qizg‘in

19 May 2022, 9:18 1455

Bolalar uchun yoz – o‘yin-kulgi va dam olish vaqti. Har yili Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning farzandlari yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga dam olishadi. Bu yil ham  dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarini joriy ta'mirdan chiqarish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan. Quyida shu haqida batafsil tanishasiz.

OKMK Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga qarashli bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari “Olmalik KMK” AJning 2022 yil 11 martdagi “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 278-sonli buyrug‘iga ko‘ra, mart oyidayoq 2022 yilgi yoz mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan edi. Ayni damlarda esa oromgohlarni joriy ta'mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mutasaddilari kombinat sexlari va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan biriktirilgan mas'ulllar bilan birgalikda kombinat tasarrufidagi – “Metallurg”, “Gulzor”, “Tong”, “Istiqlol” va “Xondiza-Parvoz” oromgohlarining binolari, oshxonalari, sport va o‘yin maydonchalari hamda boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarini ta'mirlash ishlarida faol ishtirok etishmoqda. 

Piskent tumanida joylashgan, 24,5 gektar yer maydonini egallagan “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har bir tarkibiy bo‘linma 13-15 kishidan iborat guruhlarga bo‘lingan holda, bo‘yash, oqlash, bannerlarni yangilash, hududni qurib qolgan daraxtlardan tozalash va infratuzilmani tiklash bilan shug‘ullanayapti.

Ayni vaqtda kombinat tasarrufidagi boshqa oromgohlarda ham joriy ta'mirlash ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech