• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Yana bir Xitoy kompaniyasi bilan kombinat o‘rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi

25 Mart 2022, 12:11 954

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida OKMK rahbariyati va Xitoyning LONGI SOLAR TECHNOLOGY CO., LTD kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferens aloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Uchrashuv davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va LONGI SOLAR TECHNOLOGY CO., LTD  kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv  va hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

LONGi kompaniyasi quyosh batareyalari sohasida dunyoda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya bilan kelgusida kombinatda yashil energetika sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan vazifalarda ham o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yiladi.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech