• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Poraxo‘rlik – zararli illat

21 Noyabr 2023, 9:2 510

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan kombinat rahbariyatining tegishli buyrug‘ining chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Avtomobil transporti boshqarmasi ishchi-xodimlari o‘rtasida umumiy profilaktik tadbir tadbir o‘tkazildi.

Bugungi kunda tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan ATB ishchi-xodimlari hamda tibbiyot xodimlari o‘rtasida kelgusida koʻngilsiz va yoʻl transport hodisalarini, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda boshqarma boshlig‘ining TMBB bo‘yicha o‘rinbosari D.Xamzayev, MM va XX bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Ergashev, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O.Ahmedov, OKMK xodimlari kasaba uyushmalari Kengashi tibbiy sanitar qism bosh shifokori A.To‘xtaboyev, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB xodimlari U.Artikov va J.To‘rayevlar ishtirok etishdi.

Tadbirda o‘tgan davr mobaynida ba'zi ishchilarning sog‘ligida muntazam ravishda real va go‘yoki muammolari borligi sababli ishga kelmasligi, buning oqibatida esa ishlab chiqarishga salbiy ta'sir qilishi va ehtimoliy yo‘l transporti hodisalariga sabab bo‘lishi misollar bilan tushuntirildi.

Mas'ullar tomonidan ishchi-xodimlarning salomatligi va xavfsizligi birinchi o‘rinda turishini, sog‘lom tanda sog‘ aql bo‘lishligini, sog‘lom insonning oilasida va ish joyida ham baraka bo‘lishligini, shuning uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayoni xolis va sifatli bo‘lishi lozimligi ta'kidlandi. Ayniqsa, ushbu jarayonda, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi batafsil tushuntirilib, Jinoyat kodeksining 210-moddasi(Pora olish), 211-moddasi(Pora berish) va  212-modda(Pora olish-berishda vositachilik qilish)larining mazmun-mohiyati bo‘yicha to‘liq ma'lumot berilib, barcha yana bir bor ogohlikka chorlandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech