Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 25-fevral kuni OKMK Portlatish materiallari zavodida taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbirda Milliy gvardiyaning alohida qo‘riqlash batal'onining shaxsiy tarkibi va rahbariyati, 51-sonli Yong‘in-qutqaruv qismi xodimlari, Fuqaro muhofazasi otryadi, zavod fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishtirok etishdi.
Mashg‘ulotning nazariy qismida mas'ullar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng,binoga talofat yetib, yong‘in sodir bo‘ldi. Zavod rahbariyati tomonidan yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun shtab tuzildi. Zavod fuqaro muhofazasi tuzilmalari ishchilarni xavfsiz hududga evakuasiya qilishib, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari zudlik bilan yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishdi.. Avariya-tiklash guruhlari zavoddagi buzilgan ishlab chiqarish rejimini tiklash ishlarini olib borishdi.
Mashg‘ulot davomida yong‘in gidrantlari, kranlari, suv havzalari, o‘t o‘chirish vositalarining yaroqliligi tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga muddat berildi. Taktik mashg‘ulotiga Olmaliq shahar FVB rahbariyati tomonidan “qoniqarli” bahosi qo‘yildi
Rahmatullo Qurbonov,
Fuqaro muhofazasi otryadi komandirining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘rinbosari