"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh kombinat ishchi-xodimlari davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Ayniqsa, davlatimiz rahbari Farmoni bilan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Xursanov Abdulla Xolmuradovichning “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangani barchamizni quvontirdi.
Muhtaram Prezidentimizning kombinatimizga ko‘rsatayotgan yuksak e’tibori va oqilona siyosati hamda shaxsan Abdulla Xolmuradovichning tashabbuskorligi va sa’yi-harakatlari bilan 3-mis boyitish fabrikasining qurilishi muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yildi va bu ulkan loyiha kombinat tarixida tub burilish yasadi.
Ushbu yirik va strategik loyihaning hayotga tatbiq etilishi shaxsan Sizning yuksak tashkilotchilik qobiliyatingiz, fidoiyligingiz va kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchingiz natijasidir. Nafaqat kombinatimiz, balki butun mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan bu majmua qurilishida bizga bildirgan ishonchingiz va doimiy qo‘llab-quvvatlashingiz uchun Sizdan cheksiz minnatdormiz.
3-Mis boyitish fabrikasining ahil va mehnatsevar jamoasi nomidan Sizni davlatimizning ushbu yuksak mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz!
Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini yana-da yuksak cho‘qqilarga olib chiqish yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringiz doimo bardavom bo‘lsin!
Hurmat va ehtirom bilan,
3-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi