• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotlariga amaliy yordam

04 Iyul 2024, 8:15 576

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashida kasaba uyushma a'zolari va faollariga, sex va bo‘linmalari kasaba uyushma qo‘mitalarining yangi saylangan raislariga, kasaba uyushmasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalari, tashkiliy ishlar, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy himoya, yoshlar bilan ishlash, gender tenglikni ta'minlash va psixologik muhitni sog‘lomlashtirish, ma'naviyat va ma'rifat, sport va sog‘lomlashtirish hamda uy-joy masalalari bo‘yicha komissiyalariga amaliy yordam ko‘rsatish yaxshi an'anaga aylandi. Buning uchun OKMK kasaba uyushmasi apparati mutaxassislari kombinat tasarrufidagi tarkibiy bo‘linmalarining boshlang‘ich tashkilotlarga tashrif buyurib, faoliyatini o‘rganadilar.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad profilaktika va tushuntirish ishlari, shuningdek, ushbu kasaba uyushma tuzilmalarida ishni to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatishdir.

Amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish dasturi bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi. Birinchi bosqich OKMK ishchi-xodimlari uyushmasi Kengashida amaldagi barcha me'yoriy hujjatlarning mohiyati va mazmunini tushuntirish va bilimlarni amalda o‘zlashtirishdir. Ikkinchi bosqich, kasaba uyushma a'zolarining ish joyidagi murojaatlarini o‘rganish va jamoa shartnomasi bandlari va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Ustaviga muvofiqligini ta'minlash, uchinchisi - kasaba uyushma a'zolaridan kelib tushgan murojaatlarni dastlab qisman yoki to‘liq hal qilish hamda boshqa tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mavjud boshlang‘ich tashkilotlarga amaliy yordam dasturi o‘n kundan bir oygacha mo‘ljallangan.

Joriy yil boshidan buyon yetakchi mutaxassislardan iborat guruh Ohak zavodi, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish texnologik markazi, Elektr tarmoqlari, Iste'mol mollari ishlab chiqarish, Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmalari, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatlariga tashrif buyurdi.

Ushbu korxonalarda ishchi-xodimlar bilan bo‘lib o‘tgan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar, munozaralar, suhbatlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotlar jarayonida jamoa shartnomasini bajarish, shuningdek mehnat qonunchiligiga rioya qilish, ish haqi va boshqa ijtimoiy imtiyoz hamda kafolatlar bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tadbirlar davomida ishchi-xodimlarni qiziqtirgan savollariga tegishli javob va tushuntirishlar berildi.

Kasaba uyushma faollariga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari, o‘zining dolzarbligi va ijobiy natijalarda erishishda muhim o‘rin tutishini e'tiborga olib, kasaba uyushmalarining negizi hisoblangan boshlang‘ich tashkilotlarida davom ettiriladi.

Umida DJALILOVA,

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi apparati tashkiliy

ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech