"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq-kon metallurgiya kombinatida "Davlat tili haqida" O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganining 35 yilligi hamda 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlandi.
Tadbirda kombinat boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ishtirok etib, barchani bayram bilan qutladi hamda davlat tilida ish yuritilishini ta’minlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda namunali ish tashkil etgan kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini taqdirladi.
Shuningdek, "Qadring baland bo‘lsin ona tilim!" tanlovi g‘oliblari va faollari ham estalik sovg‘alari va tashakkurnoma bilan rag‘batlantirildi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir Shodmonqul Salom ishtirok etib, bayram tabrigi va betakror ijod namunalari bilan ishtirokchilarga bir olam zavq ulashdi.
Axborot xizmati