• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OAV vakillari e'tirof etildi

27 Iyun 2024, 16:42 422

Bugun “Metallurg” MSda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

Unda OKMK rahbariyati va kombinat, shahar OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov soha vakillariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, so‘nggi yillarda OAV vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, bugungi globallashuv davrida so‘zning qudrati cheksiz ekanligini, ommaga axborot yetkazishda haqqoniylik tamoyiliga amal qilish lozimligini ta'kidlab o‘tdi. 

Tadbirda OKMK Axborot xizmati, Olmaliq shahar OAV vakillari Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Tadbir davomida OKMK faoliyati Respublikada e'tirof etilayotgani ta'kidlandi.

Ma'lumot uchun: OKMK Ochiqlik indeksi-2023 natijalari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida 86,8 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan edi. Respublika idoralari va tashkilotlari orasida esa 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar o‘rtasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati rahbarining faoliyati 86,3 ball bilan yuqori darajada baholangan. 2022 yilga nisbatan esa o‘sish samaradorligi +4,3 barobarni tashkil etgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech