"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda korxonalar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or amaliyot va zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘rganish mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, turli soha vakillarining yirik sanoat tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishishi ularga nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, yangi ish uslublarini egallash imkonini beryapti.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 11-sentabr kuni “KPMG” kompaniyasi ekspertlari, turli vazirlik, idora va tashkilotlarning mutaxassislari “Professional boshqaruv dasturi” mavzusidagi malaka oshirish trening kursi doirasida OKMKga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar dastlab “Qalmoqqir” konida bo‘lishib, bu yerdagi kon-qazish jarayonlari va zamonaviy texnologik yechimlar bilan yaqindan tanishdilar.
Navbatdagi manzil 3-Mis boyitish fabrikasi. Korxonaning yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish quvvatlari va zamonaviy uskunalari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tashrif davomida ishtirokchilar kombinatda samaradorlikni oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar hamda yirik loyihalarni hayotga tatbiq etish yo’nalishidagi amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr almashishdi.
Bu kabi uchrashuvlar sanoat sohasi vakillari uchun nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish va kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati