"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi 2-va 3-bo'linma ishchi-xodimlariga 2-MBF boshligʻining tartibot va TMBB boʻyicha oʻrinbosari I. Shamsiyev, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tergov bo'limi katta tergovchisi A. Rasuliy, Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi rahbariyati ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda jinoyatchilik, yoshlar o‘rtasida givohvandlik, psixotrop vositalar, huquqbuzarlik va shu kabi dolzarb masalalar yuzasidan holatlarning oldini olish hamda kiber jinoyatchilar tomonidan uyushtirilayotgan har xil aldovlarga ishchi-xodimlarning aldanib qolishlarini oldini olish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “Manfaatlar to’qnashuvi to’g’risida”gi Qonunning jamiyat va davlat uchun ahamiyati, xususan, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, korrupsiya holatlarini bartaraf etishdagi dolzarbligi xususida atroflicha so‘z yuritildi.
B. Xasanov,
Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi