"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Olmaliq KMK” Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasida xizmat olib borayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 9-komanda 4-guruh shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi IIV TQHB 1-son IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Q.Nazirov ishtirok etdi.
Tadbirda mas'ullar, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, korxona mulkini ishonchli kuriqlash, kiberxavfsizlik, internetdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari va ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘irlik, korrupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va qo‘riqlash xizmati xodimlarining mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Sunnatillo Erbutayev,
Birlashma direktorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi