• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda mahalliylashtirish: import o‘rnini bosish samaradorligi 92,1 mln dollar

24 Oktyabr 2024, 10:22 1206

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida mahalliylashtirish Dasturi doirasida 262 ta loyiha bo‘yicha 1174,5 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, prognoz 104,4 foizga bajarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 4 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 92,1 mln dollarni tashkil qildi.

Bunda yangi loyihalar bo‘yicha 951,8 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Jumladan: Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi – 110 ta loyiha bo‘yicha 62,4 mlrd so‘mni, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan - 31 ta loyiha bo‘yicha 97,7 mlrd so‘mni, Mis eritish zavodi tomonidan 16,1 mlrd so‘mni, 3-Mis boyitish fabrikasi bo‘yicha metallokonstruksiya 558,4 mlrd so‘mni, Portlovchi materiallar zavodida portlovchi moddalarni ishlab chiqarish 186 mlrd so‘mni, Konveyer roliklarini ishlab chiqarish 4 mlrd so‘mni hamda 8 ta mexanik ta'mirlash uchastkalari tomonidan 25,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xisobot davrida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan mahsulotlardan 1,79 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.

Shatakka olish tizimi bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kombinat tomonidan avval import qilingan mahsulotlarni o‘zlashtirish maqsadida:

“Olmaliq quyuv mexanika zavodi” MChJ tomonidan 9 oy yakunlari bo‘yicha 26,6 mlrd so‘mlik quyma mahsulotlar ishlab chiqarish, ta'mirlash va  xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi hamda 172 ta ish o‘rni yaratildi.

“DIZEL DETAL SAVDO” MChJ tomonidan 4,6 mlrd so‘mlik gazli payvandlash uchun hamda yuqori bosimga chidamli tekstil qoplamali rezina bilan qoplangan Yenglar yetkazib berilib buning hisobiga 12 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

“AVANTEC GP” QK MChJ Germaniyalik hamkorlar bilan dastgohlar ishlab chiqarish loyihasi doirasida qurilish ishlari yakunlandi. Bugungi kunda uskunalarni olib kelish va o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Korxona tomonidan yanvar-sentyabr oylarida 28,9 mlrd so‘mlik ikki dona Universal frezerli dastgohi va besh koordinatli raqamlashtirilgan dastgohlar yetkazib berildi.

“DEUTSCHE INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR-AGMK” QK MChJ tomonidan 1,8 mlrd so‘mlik polipropilendan yuvuvchi bashnya hamda simdan mahsulotlar yetkazib berildi.

“JFM LEGA GROUP” MChJ tomonidan 6,5 mlrd so‘mlik Polimer mikrosferalar yetkazib berildi.

“NADIR RABER” XK tomonidan 1,1 mlrd so‘mlik xar xil turdagi remenlar yetkazib berildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech