• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

24 Oktyabr 2022, 8:26 1142

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi rahbariyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasining ma'naviyat-ma'rifat ishlari bo‘yicha komissiyasining tashabbusi bilan 28-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbir muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning davlat tili bayramini nishonlash, uning obro‘-e'tiborini yanada oshirishga qaratilgan video ma'ruzasi bilan boshlandi.

O‘zbek tilini davlat tili deb e'tirof etilishiga osonlik bilan erishilmagani haqidagi videolavhalar namoyish etilib, davlat tili bo‘yicha chiqarilgan qator qonun hujjatlari o‘qib eshittirildi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari ijrosida o‘zbek tilini madh etuvchi qo‘shiq va she'rlar yangradi. Ayniqsa, o‘zi o‘zbek bo‘la turib, o‘zbek tilida so‘zlasha olmaydiganlar keskin tanqid qilingan teatrlashtirilgan tomosha, shuningdek, buyuk allomalarning til haqidagi iqtiboslari, shoira Uvaysiy chistonlari va ularga tarbiyachilar tomonidan berilgan javoblar, “Tanovar” kuyi va raqsi barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasining 21-oktabr – davlat tiliga bag‘ishlangan tadbiri yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Farog‘at Matkarimova,

IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech