Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

11 Mart 2025, 12:38 1466

Joriy yilning 7-mart kuni OKMK boshqaruv raisining “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqqa imzo chekdi.

Buyruqqa ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PQ-68-sonli “2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ma’lumot va ijro uchun qabul qilinishi belgilandi.

Buyruq asosida “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib tarzda nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi va “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib tarzda nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga Olmaliq shahrining biriktirilgan mahallalari, aholi punktlari, ko‘p qavatli uylar va unga tutash hududlar, bolalar maydonchalari, qabristonlar, ijtimoiy soha obyektlari va tarkibiy bo'immalar hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishi buyruqda belgilandi.

Shuningdek, “Navro‘z” bayrami shukuhini aks ettirish uchun biriktirilgan shahar markaziy ko‘chalari, tarkibiy bo‘linmalar hududlari “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bayramona shior va bannerlar bilan bezatiladi.

Tasdiqlangan jadvalga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda bayram tadbirlari (bayram oshi, sumalak, halim, bayram konserti va boshqalar) tashkil etiladi.

Tarkibiy bo‘linmalarga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan muassasalarda ham bayram tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.

Chora-tadbirlar rejasiga asosan jtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy- joylarida xayriya xashari tashkil etiladi.

“Navro‘z” bayrami munosabati bilan Olmaliq shahrining ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, ikkinchi jahon urush уillari front ortida xizmat qilganlarga, Afg‘on urushidan nogiron bo‘Iib qaytganlar hamda Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan faxriylarga oziq-ovqat to‘plami va pul mukofotlari topshiriladi.

Ikkinchi jahon urushi, mehnat fronti qatnashchilariga va kombinat mehnat faxriylariga bayramona dasturxon hamda konsert dasturi tayyorlanadi.

Shuningdek, bayramni koʻtarinki nishonlash maqsadida o‘tkaziladigan xalq saylida har yilgi an’anaga koʻra, tarkibiy bo‘linmalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududlarining milliy qadriyatlari va urf-odatlari aks ettirilgan ko‘rgazmalarni tashkil etilishi buyruqda ko‘rsatib o‘tilgan.

Yoshlar bog‘ida dorbozlar ishtirokida tomoshalar, kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha musobaqalar, miliy bahoriy taomlar tayyorlash bo‘yicha tanlovlar tashkil etish ham buyruqda o‘z aksini topgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech