Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 1-18 mart kunlari Qalmoqqir kon boshqarmasida nazorat audit tekshiruvi tashkil etildi.
OKMK Ijro apparati Mehnat muhofazasi va Sanoat xavfsizligi bo‘limi mas'ullari tomonidan o‘tkazilgan nazorat audit tekshiruvida avval o‘tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan qoidabuzilishlar bartaraf etilishiga e'tibor qaratildi.
Shuningdek, kon boshqarmasidagi mehnat muxofazasi va sanoat xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi holati, ishchi-xodimlarga yaratilgan ish sharoitlari, ularning shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlanganligi ham ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruvda konda mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi qoida va me'yorlariga rioya qilinishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Tekshiruv natijasida jami bo‘lib 172ta qoidabuzilish aniqlandi. Ularning 104tasi tashkiliy, 68 tasi esa texnikaviy qoidabuzilishlar sirasiga kiradi.
Audit tekshiruvida qayd etilgan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas'ullarga intizomiy jazo qo‘llanilishi belgilandi.
Iroda Almatova,
OKMK Ijro apparati MM va SX bo‘limi muhandisi