• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Qimmatbaho qog‘ozlar bilan ishlash hamda IPO haqida tushunchalar

27 Fevral 2025, 15:42 1022

OKMK bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan javdal asosida rahbarlik lavozimi uchun shakllantirilgan zaxira kadrlarni malakasini oshirish, ularni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida zamonaviy bilimlar va ko‘nikmalarni oshirish belgilangan.

Ushbu vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimi uchun shakllantirilgan zaxira kadrlar uchun "Qimmatbaho qog‘ozlar bilan ishlash hamda IPO xaqida tushunchalar" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarni OKMK Markaziy apparati Korporativ kotibiyat boshlig‘i Shoxista Nazarova olib bordi.

Qimmatli qog‘ozlar – bu ularning egalariga muayyan moliyaviy huquqlarni beruvchi vositalardir. Ular iqtisodiyotda muhim rol o‘ynab, investitsiyalarni jalb qilish va bozor likvidligini ta’minlashda xizmat qiladi. Kompaniyalar kapital jalb qilish usuli sifatida IPO (Initial Public Offering – birinchi ommaviy joylashtirish)dan foydalanadi, - deydi Shoxista Nazarova. – Mamlakatimiz rahbarining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PQ-162-sonli qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda "Xalqchil IPO" dasturi faol ravishda amalga oshirilmoqda. Bu dastur fuqarolarga yirik milliy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur doirasida Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston metallurgiya kombinati, "O‘ztelekom" hamda Xalq banki kabi korxonalarning taxminan 2 foiz aksiyalarini aholiga taklif qilish ko‘zda tutilgan.

2024-yil avgust oyida yirik kompaniyalarning aksiyalarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi va "GO INVEST" mobil ilovasi orqali ommaviy joylashtirish jarayoni boshlandi. Bu fuqarolarga mamlakatning yetakchi korxonalari aksiyadorlariga aylanish va ularning rivojlanishida ishtirok etish imkoniyatini beradi.

2025-yilga borib O‘zbekiston hukumati mamlakatning 30 ta eng yirik kompaniyasini IPOga chiqarishni rejalashtirmoqda, bu esa investorlarga ularning kapitalida ishtirok etish imkoniyatini beradi va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Shunday qilib, xorijiy IPOlarning muvaffaqiyatli misollari aksiyalarni ommaviy joylashtirish orqali kompaniyalarning o‘sishi va rivojlanishi uchun salohiyatni ko‘rsatadi. O‘zbekistonda " Xalqchil IPO " tashabbusi fuqarolar va investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochib, milliy kapital bozorining shaffofligi va samaradorligiga hissa qo‘shmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu