• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni keng nishonlandi

09 Dekabr 2022, 14:47 1311

Xabaringiz bor, mamlakatimizda dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida ham qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari mehnat qilib keladi. Bugun sana munosabati bilan soha vakillari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Shahrimizdagi “Afsona” tantanalar majmuida tashkil etilgan bayramona dasturxon atrofida Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tarkibida faoliyat yuritib kelayotgan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari jamul jam bo‘lishdi.

Tadbirda ishtirok etgan OKMK rahbariyati tomonidan soha vakillariga samimiy tilaklar bildirildi. Sana munosabati bilan bir guruh ilg‘orlar Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alari tuhfa etildi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhi tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech