Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, “Yoshlik-1 koninini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida Mis eritish zavodini kengaytirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan edi.
Jumladan, Metallurgiya kompleksi ob'yektlari qurilishini nazorat qilish maqsadida kombinat tuzilmasida Metallurgiya kompleksi direksiyasi tuzildi va malakali mutaxassislar bilan to‘ldirildi.
Ayni kunlarda yangi quriladigan metallurgiya ob'yektlari qurilishida qatnashuvchi quruvchilar uchun Mis kompleksi hududida “Vaqtinchalik quruvchilar shaharchasi” qurilmoqda.
Ushbu quruvchilar shaharchasi 5,6 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, o‘z ichiga 14 dona yotoqxona, Direksiya hamda xorijlik mutaxassislar uchun ma'muriy bino (ofis), bir o‘tirishda 200 kishiga mo‘ljallangan oshxona hamda omborxona binolari qurilyapti.
Mazkur quruvchilar shaharchasida 1500 nafar bunyodkor istiqomat qiladi.
Shu kunga qadar ob'ektda 12000 metr kub yer ishlari, 1316 metr kub temir beton ishlari, 126 tonna temir konstruksiya ishlari, 7505 metr kvadrat devor sendvich panel qoplamasini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, 12820 m kvadrat tom qismiga sendvich qoplamasini yotqizish ishlari bajarilgan.
Xozirda xonalarning devorlari hamda shift qismlariga gipskorton o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Qurilish ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilayapti. Mazkur ob'yekt joriy yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati