"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Yashil” energetika — qazilma yoqilg‘i sarfisiz, atmosferaga CO va CO2 gazlari chiqarmaydigan va natijada atrof-muhit ekologiyasiga ziyon yetkazmagan holda energiya ta'minotini amalga oshiradigan tuzilma bo‘lib, bunda iste'mol talabi quyosh, shamol, suv, biomassa, vodorod energetikasi kabi muqobil energiya manbalari evaziga qoplanadi. Energiya resurslariga yildan yilga talabning oshib borishi hisobiga yashil energetikaga o‘tish tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linimalarida o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida ham yashil energetikaning afzalliklari bo‘yicha ma'lumotlar berilmoqda.
Ana shunday tadbirlar Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, 3-Mis boyitish fabrikasi va Mis boyitish fabrikasida tashkil etildi.
Tadbirlarda quyosh panellarini o‘rnatish ishlari bilan shug‘ullanuvchi korxona vakillari ishtirok etishib, quyosh panellarining afzalliklari, ishlash tartibi va energiya tejamkorligi bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berishdi. Mutaxassislar tomonidan quyosh panellari orqali nafaqat elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj qondirilishi, balki iqtisodiy tomondan daromad qilish mumkinligi ham tushuntirib o‘tildi.
Energetika vazirligining axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda yil boshidan beri quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Generatsiyaning 3,125 mlrd kVt/soatlik qismi quyosh elektr stansiyalari tomonidan, 1,915 mlrd kVt/soatlik qismi esa shamol elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarildi. 2025-yil boshidan 7-iyul soat 08:00 ga qadar O‘zbekistondagi barcha gidroelektr stansiyalari va quyosh hamda shamol elektr stansiyalari tomonidan 8,73 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 2025-yildagi jami generatsiyaning 20,3 foizini tashkil qiladi. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 7,28 millionta xonadonning olti oylik yoki 3,64 millionta xonadonning bir yillik me'yoriy bazasini tashkil qiladi. 2,64 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi va atmosferaga 3,88 mln tonnadan ortiq zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.
Axborot xizmati