• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

O‘rganishdan so‘ng o‘zgarishlar katta

04 Oktyabr 2022, 13:25 1275

Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisi A.Xursanovning  joriy yilning 31 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra, kombinat tarkibiy bo‘linmalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan Texnologik transport boshqarmasida olib borilgan o‘rganishlar davomida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini yanada jadallashtirish, uning natijadorligiga e'tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishdan so‘ng, ushbu mehnat jamoasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilib, ishchi-xodimlar uchun shart-sharoitlar yanada yaxshilanmoqda.

Jumladan, boshqarmada ma'naviyat xonasi yoki ma'naviyat burchagi tashkil etilmagan edi. O‘rganish davomida kichik bo‘lsada ma'naviyat burchagi tashkil etildi. Yangi oshxona foydalanishga topshirish ishlari jadallashdi. Ayollar uchun ilgari mavjud bo‘lmagan yuvinish xonalari tashkil etildi. Yuvinish xonalari kiyim javonlari bilan ta'minlandi va ayrim nosoz santexnika moslamalari ta'mirlandi.

Oshxonalar konditer mahsulotlarini tayyorlovchi pechlar bilan jihozlandi. “Yoshlik-1 koni”ga xizmat qiluvchi 3-sonli transport sexidagi oshxona elektr tarmog‘i, kondisioner, mikroto‘lqinli pech va suv isitish moslamasi bilan ta'minlandi.

Bu kabi o‘rganish ishlari davom etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech