Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK boshqaruvi raisining 2022 yil 31 avgustdagi 1037-son buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar masalalari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi joyiga chiqib o‘rganilmoqda.
Navbatdagi shunday o‘rganish Mis eritish zavodi mehnat jamoasida Kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari hamda ishchi-xodimlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi-xodimlar uchun maishiy sharoitlarni yaratishdagi kamchiliklar ochiq muloqot tarzida muhokama qilindi.
OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa mudatlarda bartaraf etish bo‘yicha korxonalarning mutassaddi rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida kamchiliklarning aksariyati tezkorlikda bartaraf etilgani qayd etib o‘tildi. Muloqot davomida ishchi-xodimlar tomonidan oylik haqining to‘lov shakli, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash kabi bir qancha amaliy takliflar bildirildi.
Tadbirda bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar, muddatlar va mas'ullar belgilab olindi.
Ishchi guruh tasdiqlangan reja asosida o‘z ishini davom ettiradi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz, agar sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari yoki Sizni qandaydir muammo qiynayotgan bo‘lsa, unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling.
Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
OKMK Axborot xizmati