• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rahbarlarga ingliz tili o‘qitilmoqda

09 Fevral 2022, 10:11 1181

OKMK hamda Toshkent shahridagi Adju Universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida memorandum imzolangan edi. Mazkur memorandumda oliygoh o‘qituvchilari tomonidan kombinat rahbarlari hamda ishchi-xodimlarini ingliz tiliga o‘qitish ham belgilangandi.

Ayni paytda OKMK boshqaruvi raisi o‘rinbosarlari hamda Ijro apparati bo‘limlarining rahbarlari uchun ingliz tili mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlarni Toshkent shahridagi Adju Universiteti o‘qituvchilari o‘tishmoqda.

O‘quv markazi kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shahzod Uralboyevning ma'lum qilishicha, 48 soat o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar o‘tiladi. 3 oy davomida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kelgusida ishchi-xodimlar uchun tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Darhaqiqat hozirgi paytda til bilgan el biladi. Ayniqsa, kombinatda investitsiyaviy dasturlarni amalga oshirishda xorijiy hamkorlar bilan muloqotda ingliz tilini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech