• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ramazon hayiti - ezgulik, mehr-oqibat ayyomi

09 Aprel 2024, 15:10 347

Muborak Ramazon hayiti bayrami arafasida o‘zgalar yordamiga muhtojlarga mehr-muruvvat, saxovat ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish, yordam qo‘lini cho‘zish kabi xalqimizning ezgu an'analari yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi.

Ushbu ezgu amallarni boshidan tutgan OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ham ayyom arafasida savobli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, bayram munosabati bilan 28 ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga va 162 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga oziq-ovqat to‘plamlari tuhfa etilayapti.

Shuningdek, 71 nafar baynalminal jangchilar, 4 nafar Chernobil AES falokatini bartaraf etishda ishtirok etganlar hamda 13 nafar mehnat fronti faxriylari ham bu kabi saxovatdan bahramand bo‘lishdi.

E'tibor g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan nuroniylar savobli ishlarni boshidan tutgan mehridaryo insonlarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishayapti.

Bahodir Miralimov,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech