• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlarda zalvorli mehnat bor

08 Avgust 2022, 10:37 1710

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2022 yilning o‘tgan 7 oyida barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishildi.

Xususan, amaldagi narxlarda tovar mahsulotlari ishlab chiqarish rejasi 117,4%ga bajarildi.

Mis katodi ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifa 100%ga bajarilib,  99,7%lik o‘sish sur'ati kuzatilgan.

Rux ishlab chiqarish bo‘yicha ham reja 100,7%ga uddalangan.

Sulfat kislotasi tayyorlash bo‘yicha 106,5%lik natija qayd etilgan.

Surxon vohasida joylashgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan ham barcha belgilangan vazifalar bajarilgan. Jumladan, polimetall rudalarni qazib olish bo‘yicha reja 100,6%ga, polimetall rudalarni qayta ishlash rejasi 101,7%ga ado etilgan.

Rux konsentratida rux rejasi 115,7%ga bajarilgan.

Angrenlik konchilar ham o‘zlariga yuklatilgan vazifani baholi qudrat bajarishmoqda. Ular tomonidan oltin tarkibli ruda qazib olish vazifasi 103%ga, uni qayta ishlash vazifasi 102,9%ga uddalangan.

Konsentratda 1-metall rejasi 102,8%ga, 2-metall rejasi esa 131,1%ga bajarilgan.

Namangan viloyatida joylashgan Chodak kon boshqarmasi  mehnat jamoasi tomonidan ham yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari qayd etildi.

Jumladan, oltin tarkibli ruda qazib olish rejasi 103,1%ga, rudani qayta ishlash vazifasi 102,4%ga uddalangan.

Konsentratda 1-metall rejasi 101,2%ga, 2-metall rejasi esa 129,3%ga bajarilgan.

Kovuldi konchilari ham o‘zlariga yuklatilgan vazifalarin oshig‘i bilan bajarishdi.

Ular tomonidan oltin tarkibli rudani qazib olish rejasi 100,3%ga, rudani qayta ishlash vazifasi esa 100,2%ga uddalangan.

Konsentratda 1-metall rejasi 102,7%ga, 2-metalla rejasi esa 104,4%ga bajarilgan.

Mis kuporosi, emallangan mis simlar, texnik tellur, texnik selen ishlab chiqarish bo‘yicha rejaviy vazifalar 100%ga ado etilgan.

Mis quvurlari tayyorlash vazifasi 122,4%ga, molibden 3 oksidi ishlab chiqarish rejasi 113,3%ga, perrenat ammoniy ishlab chiqarish rejasi 137,6%ga bajarilgan.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech