• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlashtirish hujjat aylanishida ham qulaylik yaratadi

29 Mart 2022, 14:31 1249

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida raqamlashtirish kirib bormagan soha bo‘lmasa kerak. Aynan raqamlashtirishning keng imkoniyatlari sabab kundalik turmushimizda qulayliklar yaratilayotgani ham sir emas. Ayniqsa, raqamlashtirishning texnologik ishlab chiqarish jarayoniga hamda hujjatlar bila ishlashda joriy etilishi yuqori mehnat samaradorligini ta'minlamoqda.

2022-yilning 28-mart kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida tashkil etilgan Directum tizimi taqdimotida ham aynan raqamlashtirishning afzalliklari haqida so‘z bordi.

Taqdimotda OKMK tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, mutaxassislar, ish yurituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Abdulla Azizov kombinatda sohada olib borilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi. Ishlab chiqarishga raqamlashtirishning joriy etilishi qator qulayliklar yaratish barobarida vaqt tejalishini, mehnat unumdorligini ta'minlashini ham ta'kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi Axborot texnologiyalari xizmati yetakchi muhandis dasturchisi Shahnoza Abdullayeva Directum tizimi haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi.

-  Directum – elektron hujjat aylanish tizimi bo‘lib, kombinatda ushbu tizim orqali barcha hujjat almashish ishlari raqamlashtirish imkonini beradi. Qog‘oz va hujjatlar bilan bog‘liq barcha jarayoni elektron ko‘rinishga o‘tkazadi, deydi - Shahnoza Abdullayeva. - Har bir foydalanuvchiga hujjatlarga elektron imzo qo‘yish imkonini ham beradi. Yana bir diqqatga sazovor jihati ushbu tizimning mobil' ilovasi ham mavjud bo‘lib, undan hamma foydalanishi mumkin. Hozirda Yoshlik-1 koni loyiha ofisida ushbu tizimdan foydalanilmoqda.  Ijro apparati ofis menejer bo‘limida ushbu tizim orqali yuqori turuvchi tashkilotlardan kelayotgan xat va hujjatlar, topshiriqlar ro‘yxatga olinib, loyiha ofisiga yuborilayapti. Keyingi haftadan Ijro apparatining boshqa bo‘limlari xodimlari ham bosqichma-bosqich o‘qitilib, ushbu tizimdan ishlashni boshlashadi. Keyinchalik kombinat tarkibiy bo‘linmalari ham ushbu tizimdan foydalanishga o‘tkaziladi. Yangi tizimning yana bir afzalligi rahbarlar har xio sharoitda ham smartfon yoki planshet orqali tizimning mobil ilovasi orqali undan foydalana oladi. Mobil ilovasi rahbarlar va mutaxassislar uchun alohida variantlarda yaratilgan. Rahbar tizimga kirganida topshiriqni mutaxassiga yuboradi va uni bajarilishini ham nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirda kombinatda elektron hujjat aylanishi Pegas tizimi orqali amalga oshirib kelinadi. Ushbu tizimning interfeysi rus tilida edi. Yangi Directum tizimining interfeysi esa davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilida. Foydalanuvchi o‘zi istagan tilda ishlashi mumkin. Yangi tizimda hujjat aylanishini rahbar boshidan oxirigacha kuzatishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda hujjatning kelib tushishi, qay holatda ekanligini, tarixi tizimda aks etadi.

Mazkur tizim Micros kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, taqdimot marosimida kombinatda ish yuritish jarayonini avtomatlashtirish tizimi joriy etish loyihasi bo‘yicha loyiha rahbari, kompaniya vakili Alisher Qayumov ham ishtirok etib,  Directum tizimi bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

Sherzod Tilovberdiyev,

veb-muharrir

Bo`lishmoq:
Text to speech