• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlashtirish va avtomatlashtirishning foydali tomonlari bisyor

06 Mart 2023, 8:40 1118

Joriy yilning 2-mart kuni MTTU MISiS Olmaliq filialida OKMK mutaxassislari hamda mazkur oliy o‘quv yurti talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

OKMK O‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi, yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi mutaxassislari hamda oliygohning “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi” yo‘nalishida tahsil olayotgan 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Raqamlashtirish va avtomatlashtirish tobora hayotimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qanday sanoat korxonasini ham raqamlashtirishsiz tasavvur etish qiyin. Aynan raqamlashtirishning texnologik jarayonlarga joriy etilishi ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish barobarida sarf-harajatlarni kamaytiradi va o‘z-o‘zidan korxonaga ko‘proq foyda keltiradi.

Ma'lumot uchun avtomatlashtirish – bu ishlab chiqarish jarayoniga dasturiy ta'minot va mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuidir. Avtomatlashtirishning joriy etilishi natijasida jarayonda inson omili ishtirok etmaydi. Jarayon maxsus uskunalar yordamida amalga oshiriladi.

Uchrashuvda IChAB bosh muhandisii Nariman Gareyev va 3-MBF Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi boshlig‘i Odil Fayzullayevlar talabalarni ushbu korxonalar faoliyati bilan batafsil tanishtirib o‘tishdi. Mazkur korxonalarning asosiy vazifasi, mahsulot tannarxini tushirish, xom ashyoning harajatlarini kamaytirish, zararli sharoitlarda ishlayotgan ishchi-xodimlarning muhofazasi, murakkab texnik topshiriqlarni tezkorlikda amalga oshirish, uskunalarda yuzaga keladigan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va tahlil etish  kabi ma'lumotlar ham talabalarga hukmiga havola etildi.

Shuningdek, tadbirda talabalar uchun kombinat korxonalariga tashkil etiladigan sanoat ekskursiyalar va amaliyotlarning samaradorligi va ahamiyati bo‘yicha ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

OKMK O‘quv markazining yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech