Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Raqamlashtirishda yangi rejalar belgilab olindi

25 Noyabr 2025, 13:21 374

Barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarish barobarida investitsiya loyihalarini ham samarali amalga oshirayotgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan ko‘plab dunyoning yetakchi kompaniyalari hamkorlik qilishga qiziqish bildirishmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kombinatda raqamlashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning takomillashtirish maqsadida dunyoning ko‘plab yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Kuni kecha sanoat IT yechimlari sohasida jahonda yetakchi hisoblangan Fransiyaning Dassault Systèmes korporatsiyasining rasmiy hamkori SMARTGEO kompaniyasi vakillari hamda kombinat Axborot kommunikasion texnologiyalari mas’ullari o‘rtasidagi uchrashuvda ham yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida SMARTGEO kompaniyasi vakillari ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirish va kombinatning raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni taqdim etdi.

Jumladan, GEOVIA kon-geologiya tizimini yangilash va qo‘llab-quvvatlash, Angren kon boshqarmasi yer osti konlari uchun GGIS funksional modullarini joriy etish, kompaniyaning ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha qarori bilan tanishish kabi tashabbuslar kombinat mas’ullari e’tiboriga havola etildi.

Uchrashuvda tomonlar raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar va kelgusidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan rejalarni  belgilab oldilar.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech