"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamkorligida raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Tadbirda vazirlik hamda tarmoq korxonalari vakillari ishtirok etdi. Seminarni Texnologik transformatsiya markazi direktori O.Fayzullayev ochib berdi.
Seminarda ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish, maʼlumotlarni boshqarish va tahlil qilish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, tarmoq korxonalari oʻrtasida texnologik jarayonlarda foydalaniladigan uskunalarni mahalliylashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Mazkur tadbirda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislar ham ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar mavjud tajriba va amaliy yechimlar bilan o‘rtoqlashib, samarali raqamli texnologiyalarni tarmoq korxonalarida keng joriy etish va bu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, ishlab chiqiladigan dasturiy taʼminotlarni patentlash va korxonalar oʻrtasida keng joriy qilish kerakligni ta’kidlandi.
Axborot xizmati