• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ratsionalizatorlik va ixtirochilik – texnik va innovatsion rivojlanish zamini

02 Avgust 2024, 14:45 432

Shu mavzuda joriy yilning 31-iyul kuni Texnologik transport boshqarmasida seminar bo‘lib o‘tdi. OKMK Ijro apparati Fan va innovatsiya bo‘limi ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishi bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Nargiza Bekbo‘tayeva olib borgan seminarda intellektual mulk obyektlari, ratsionalizatorlik takliflari va uning foydaliligi, ratsionalizatorlik takliflarini rasmiylashtirish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirda TTB boshlig‘i v.v.b. Bahrom Niyazmetov, TTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Odil Pirmatovlar ishtirok etishdi.

Ratsionalizatorlik taklifning foydaliligi mehnat, xom ashyo, yoqilg‘i, energetika, moddiy, moliyaviy va boshqa turdagi manbalarni tejalishiga, mehnat sharoitlarini yaxshilash va ekologik holatni sog‘lomlashtirishi bilan ahamiyatli deydi, - N.Bekbo‘tayeva. Ratsionalizatorlik taklifi - texnik yechim bo‘lib, unga yangilik va foydalilik xos. Kombinat uchun yangi bo‘lgan mahsulot konstruksiyasini, ishlab chiqarish texnologiyasini, material (modda) tarkibini yaratish yoki o‘zgartirishni nazarda tutuvchi va mehnat, xom ashyo, yoqilg‘i-energetika hamda boshqa moddiy yoki moliyaviy manbalarni tejaydigan texnik – tashkiliy yechimlar ratsionalizatorlik takliflari deb tan olinadi.

Shuningdek, tadbirda oliy ta'limdan keyingi ta'lim bo‘yicha ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Ma'lumot uchun: OKMKda Innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu jamg‘arma 2018-yilda shakllantirilgan bo‘lib, u ilmiy-amaliy tadqiqotlarni, innovatsion ishlanmalarni, tajriba-konstruktorlik va sinov ishlarini moliyalashtiradi. Ratsionalizatorlar va ixtirochilarga mualliflik mukofotlarini to‘lanishida ko‘maklashadi.

Texnologik transport boshqarmasi mutaxassislari tomonidan ilgari surilgan “BelAZ-75131 va BelAZ-75307 rusumli avtosamovallarning baklaridagi yoqilg‘i hajmini aniqlash uskunasi” ratsionalizatorlik taklifiga 2023-yil guvohnoma berilib, ushbu taklif ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilgan.

Bahriddin Usvaliyev,

TTB xodimi

Bo`lishmoq:
Text to speech