• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rekonstruksiya ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda

12 Yanvar 2023, 10:41 1175

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarishda balki ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashda ham faol.

Ayni kunlarda shahrimizdagi OKMK homiyligida rekonstruksiya qilinayotgan ikkita tibbiyot muassasasida qurilish ta'mirlash ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda.

2022-yilda Olmaliq shahridagi Tibbiyot birlashmasi qoshidagi shartnomaviy poliklinika va tug‘ruq kompleksida rekonstruksiya ishlari boshlangan edi.

Bugungi kunda ta'mirlash ishlar jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

Rekonstruksiya ishlari OKMK homiyligida olib borilayapti. Umumiy hisobda mazkur rekonstruksiya ishlariga kombinat tomonidan 23 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Jumladan, shahrimizning Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan shartnomaviy poliklinikada katta hajmdagi rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Tez orada tibbiyot muassasasi o‘z faoliyatini boshlaydi.

Hozirda demontaj va tom qismini yopish ishlari 100 foizga, bino fasadini pardozlash va santexnika hamda elektromontaj ishlari 90 foizga, bino ichini pardozlash ishlari 75 foizga, obodonlashtirish jarayonlari esa 10 foizga bajarildi.

Qurilish montaj ishlarini 2023-yilning yanvar oyi oxiriga yakunlash ko‘zda tutilgan.

Tug‘ruq kompleksida ham ishlar qizg‘in pallaga kirgan. Joriy yilning 5-yanvar holatiga ko‘ra, bo‘yash ishlari 70 foizga bajarildi.

Akusherlik binosining fasad qismini travertin bilan qoplash ishlari 60 foizga, santexnika ishlari esa 85 foizga yetkazilgan.

Ginekologiya bo‘limida fasad qismi 30 foizni, bino yerto‘lasini ta'mirlash ishlari 50 foizni tashkil etmoqda.

Har ikkala binoning elektr ta'minotini sozlash vazifalari 70 foizga, demontaj va tom qismini yopish, shuningdek, shamollatish tizimini tozalash ishlari 100 foizga bajarildi.

Umumiy hisobda ta'mirlash jarayonlarida 80 dan ortiq malakali quruvchilar mehnat qilishmoqda.

Qayd etib o‘tish joizki, Olmaliqdagi tug‘ruq kompleksi tumanlararo zamonaviy perinatal markazga aylantirilishi rejalashtirilgan. 

Albatta, yaqin kunlarda har ikki tibbiy muassasa zamonaviy qiyofani o‘zida mujjasam etib aholiga uzoq yillar davomida xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech