"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Asr loyihasi” sifatida e’tirof etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi mamlakatimiz kon-metallurgiya sanoatida tom ma’noda yangi texnologik davrni boshlab berdi. Joriy yilning 16-mart kuni davlatimiz rahbari ishtirokida ishga tushirilgan ushbu gigant majmua bugungi kunda milliy sanoatimizning haqiqiy faxriga aylandi.
Yuqori mehnat marralarini zabt etish jadal sur’atlarda davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 10-may holatiga ko‘ra, fabrikada 2 million tonna ma’dan qayta ishlanib, 30 ming tonnadan ortiq mis konsentrati olindi. Ish boshlaganiga ikki oy ham to‘lmagan korxona uchun bu loyihaviy quvvatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi ulkan qadamdir.
Bu natija fabrikaning intellektual va texnologik ustuvorligini amalda isbotladi. Eng zamonaviy texnologik jarayonlar va raqamli boshqaruv tizimlarining uyg‘unligi o‘z samarasini namoyon etmoqda.
3-MBFning ishga tushirilishi nafaqat kombinatimizning ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlaydi, balki yurtimiz iqtisodiy qudratini yana-da yuksaltirishga xizmat qiladi.
Axborot xizmati