Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasida OKMK faol ishtirok etmoqda

18 Dekabr 2025, 10:57 687

Ayni kunlarda Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi boʻlib oʻtmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda Raqamli transformatsiya markazi hamkorligida tashkil etilgan “Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” joriy yilning 19-dekabriga qadar davom etadi.

Mazkur yarmarkada Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham o‘z mahsulotlari namunalari stendi bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarkaning o‘tgan uch kuni davomida OKMK va mahalliy korxonalar o‘rtasida bir qator shartnomalar imzolandi.

OKMK mahalliylashtirish bo‘limi boshlig‘i Abbos Abdullayevning ma’lum qilishicha, kombinat va mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uch kun mobaynida 27,6 mlrd so‘mlik mahsulotlar xaridi bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Mazkur shartnomalar asosida kombinat turli xil ehtiyot qismlar, butlovchi materiallar xarid qiladi.

Tadbir sanoat sohasini rivojlantirish, mamlakatimizning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperatsiv aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Yarmarka respublikaning yirik sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi kooperatsiv aloqalarini rivojlantirishga hizmat qiladi, shuningdek, ishtirokchilarga mahsulotlar haqida ma’lumot taqdim etish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni rejalashtirish uchun o‘ziga xos savdo maydonchasi hisoblanadi.

Yarmarka davom etmoqda.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech