• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rossiya Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi OKMKda

03 Noyabr 2023, 15:6 984

Xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini amalga oshirish hamda himoya qilish borasida tuzilgan kasaba uyushmalari bugun ishchi hodimlarini bir tizimda birlashtirgan desak adashmagan bo‘lamiz.

47 101 nafar a'zosiga ega bo‘lgan OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi ham faoliyatini qonuniylik, ixtiyoriylik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish, teng huquqlilik hamda oshkoralik, ochiqlik prinsiplari asosida yo‘lga qo‘ygan va o‘z maqsadlarini “Inson qadrini ulug‘lash” tamoyiliga qaratgan.

Sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar, kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan tanishish hamda hamkorliq aloqalarini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 2-noyabr kuni kombinatga Rossiya Federatsiyasining Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar tantanali ravishda “Metallurg” madaniyat saroyida tuz va non bilan qarshi olindi.

Dastavval mehmonlar saroy ichidagi kombinat muzeyini tomosha qilishdi. Bunda ular Olmaliq shahri hududining tarixi, arxeologik topilmalar va korxona tashkilotlarning ishlab chiqarish texnologiyasi aks etgan muzeydagi ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi.  Shuningdek, badiiy jamoalar va to‘garaklar ham ularning e'tiboridan chetda qolmadi.

Delegatsiya a'zolari va kombinat rahbariyati o‘rtasida muzokalar ham olib borildi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar ishchi-xodimlarga yaratilgan munosib mehnat sharoitlari to‘g‘risida fikr almashishdi. Shuningdek, Kasaba uyushmasi faoliyatiga bog‘liq videofilm ham namoyish etildi.

Andrey Shvedov, Rossiyaning Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi bosh kotibi: Korxonangiz juda katta quvvatga ega ekan  va quvonarlisi bu yerda amalga oshiralayotgan ishlarning barchasi mehnatkashlarga munosib mehnat sharoitini yaratishga qaratilgan. Albatta, 40 mingga yaqin ishchisi bor korxonada kasaba uyushmasining roli ham alohida ahamiyatga ega. Hozir bizga kambinat faoliyati bilan bog‘liq film ko‘rsatishdi. To‘g‘risi ularning barchasi bilan tanishmoqchiman va bizda hozir shunday imkoniyat mavjud. Yana bir jihatni aytib o‘tish kerakki metallurgiya va tog‘ kon yo‘nalishida ishlayotganlar farzandlarini ishlab chiqarish, sport va san'at sohadan xabardor bo‘lishlarini kelajakda ota kasblarini davom ettirishlarini xoxlaydi. Bu jarayonda ham kombinatda mavjud ekan. Bundan tashqari, OKMK shahar infrotuzilmasini yaxshilashga ham hissa qo‘shmoqda bu esa aholi turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi. Navbatdagi manzil maxalliylashtirish dasturining ijrochisi bo‘lgan markaziy ta'mirlash mexanika zavodi bo‘ldi. Bu yerda mehmonlarga mehnat muxofazasiga oid kirish yo‘riqnomasi o‘tilib, zavod texnologiyasi va ishlab chiqrish ko‘rsatkichlari yuzasidan ma'lumot berildi.

Zavod bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya davomida Rossiyaning Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kasaba uyushmalari federatsiyasi a'zolari, tibbiyot punkti, ish taqsimlash xonasi, sex va bo‘lanmalar, texnologik uskunalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Boris Semyonov, Magnitorgorsk metallurgiya kombinatining boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi: - Bu yerdagi jarayonlar menga juda ham qiziq. Chunki bungacha metallurgiya zavodida oddiy ishchidan to sex rahbarligigacha ishlaganman. Aslini olganda ishlab chiqarish odamiman. Shuning uchun ham markaziy ta'mirlash mexnika zavodidigi har bir jihoz haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lishga harakat qildim. Shuningdek, birgina shu zavodni o‘zini oladigan bo‘lsak O‘zbekistonda bu soha qanchalik oldinga ildamlaganini ko‘rishimiz mumkin. Tashrifdan maqsad albatta asosan kasaba uyushmasi faoliyati bilan tanishish uchun kelganmiz. Jamoa shartnomasi, mehnat muhofazasi, ovqatlanish, kasb kasalliklarini oldini olish va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldik. Bu esa meni hayratlantirdi chunki metallurglar uchun barcha sharoitlar mavjud.

Shundan so‘ng, mehmonlar O‘rta Osiyo mamlakatlarida yagona, quvvati 60 mln.tonna mis-molibden rudasini qayta ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, OKMKning Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investisiyaviy loyihasi doirasida bunyod etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasidagi qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Yuriy Goranov, Rossiya kon-metallurgiya kasaba uyushmasi Chelyabinsk viloyati qo‘mitasi raisi: - Sizlarning ishchi-xodimlaringiz kombinat dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallashi uchun harakat qilar ekan. Ijtimoiy yo‘nalishdagi ishlarga to‘xtaladigan bo‘lsam bu menda biroz hasad tuyg‘usini ham paydo qildi. Albatta bu xazil. O‘ylaymanki kelajakda kambinat yanada rivojlanadi. Biz kasaba uyushmasi xodimi bo‘lganligim uchun asosan odamlarga bo‘lgan munosabatni kuzatdim va bu menda juda iliq taassurot qoldirdi. Bu eng asosiysi, boisi agar inson diqqat markazda bo‘lsa koraxona ravnaq topaveradi. OKMK barcha e'zgu amallar inson qadriga qaratilgan ekan.

Navbatdagi manzil Qalmoqqir koni bo‘ldi. Mehmonlar kondagi mahdanlarni qazib olish, olib chiqish va fabrikalarga yetkazib berish jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan konning zahirasi, tarixi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, kasaba uyushmasi vakillari OKMKning ijtimoiy siyosatini yanada takomillashtirishga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan sanatoriy-profilaktoriya muassasasiga borishdi. Bu yerda ular kombinat mehnatkashlari va ularning oila a'zolari uchun yaratilgan sharoitlar xususan har bir davolash xonalarini ko‘zdan kechirishdi.

Tashrif mexmonlarda katta taassurot qoldirdi. Muxtasar aytganda ular kombinatda ijtimoiy himoya ustovor ekanligiga amin bo‘ldilar.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech