• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rudadan misni ajratib olish darajasi 84,62%ga yetkazildi

02 Fevral 2022, 13:29 1323

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3954-son qarori asosida “Olmaliq KMK” AJ ning asosiy ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish va barqarorlashtirish dasturiga ko‘ra, 2021-yilda Mis boyitish fabrikasida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Yangi 4-aylanma suv qabul qilish kollektori (KVK-4) qurildi. 3 dona LAROX PF60 press filtrlari, 20 ta maydalagich, 30 ta g‘alvir, 2 ta MShS va MShR tegirmonlari va 11 ta yangi nasos gidrosiklon uskunalarini o‘rnatilib, ishga tushirildi. Yangi 3-son suv tortish kompleksi foydalanishga topshirildi. 4 ta ishchilar oshxonasi kapital ta'mirlandi.

2022-yilda ham bir qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan. Xususan, 24ta yangi nasos-gidrosiklon uskunalarini, 22 ta yangi konsentrator, 114 ta yangi flotatsiya uskunalari va 4 ta yangi quyultirgichlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilmoqda.

O‘tgan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari natijasida fabrikada rudadan mis ajratib olish darajasi 84,62% yetkazildi.

Axborot xizmati

 

Bo`lishmoq:
Text to speech