Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 18-may kuni Rux zavodida "Kuchli ta'sir etuvchi zaharli modda saqlanadigan joyda yuz bergan baxtsiz hodisa vaqtida shtab ishini tashkil etish, fuqaro muhofazasini shakllantirish va boshqa shoshilinch ishlar” mavzusida taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda zavod qutqaruv tuzilmalari, tibbiy xizmat, Idoraviy harbiylashgan qo‘riqlash xizmati hamda Fuqaro muhofazasi otryadi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ssenariysiga ko‘ra, yer qimirlashi oqibatida Sulfat kislotasi saqlanadigan joyda yoriq paydo bo‘lib, xavfli modda tashqariga oqib chiqadi. Bu haqda zavod dispetcherlik xizmatiga zudlik bilan Sulfat kislotasi sexi boshlig‘i xabar berdi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ham xabardor qilindi.
Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun shtab tuzildi. Zavod ishchi-xodimlari va boshqa korxonalarga holat bo‘yicha ma'lumot berildi.
Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan kislota chiqqan uchastka o‘rab olindi va panjaralar qo‘yildi. Fuqaro muhofazasi otryadi hamda yong‘in xavfsizligi bo‘limi xodimlari va tezi tibbiy xizmat vakillari maxsus transport vositalaridan voqea joyiga yetib kelishdi. Kislotadan kimyoviy kuyish jarohatini olgan ikki nafan jabrlanuuvchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Zavod fuqaro muhofazasi tuzilmalari va Fuqaro muhofazasi otryadi kuchlari bilan sulfat kislotasi tashlanmalari zararsizlantirildi.
Ta'mir brigadalari esa texnologik uskunalarning ta'miriga kirishishdi.
Avariyaviy-texnik komanda esa texnologik halokat oqibatlarini bartaraf etishdi.
Tadbirda barcha qutqaruv tuzilmalari, tibbiy xizmat hamda Fuqaro muhofazasi otryadining yuzaga kelgan favqulodda vaziyatdagi hatti-harakati tahlil etildi.
Taktik o‘quv mashg‘uloti yakunida zavod qutqaruv tuzilmalariga qoniqarli bahosi qo‘yildi.
M. Alimova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi xodimi