"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda kundalik hayotimizni tabiiy gaz, elektr energiyasi, avtomobil yoqilg'isi, metallar, kimyoviy mahsulotlar va boshqa turli xil sanoat mahsulotlarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Uylarimizdagi issiqlik, oshxonamizdagi gaz, ko'chadagi chiroqlar — bularning barchasi sanoat korxonalarining tinimsiz mehnati mahsulidir.
Biroq, biz iste'mol qilayotgan ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish ortida juda murakkab va ko'zga ko'rinmas texnologik jarayonlar turadi. Yuqori bosim, ulkan energiya hajmi hamda inson sog'lig'i uchun xavfli hamda zararli bo'lgan kimyoviy moddalar bilan ishlovchi minglab obyektlar kecha-yu kunduz faoliyat yuritadi. Mana shunday yuqori xavf ostida ishlovchi korxonalar, ishlab chiqarish maydonlari, majmualar Xavfli ishlab chiqarish obyektlari deb ataladi.
Xavfli obyekt o'zi nima?
Xavfli ishlab chiqarish obyekti deganda, agar unda avariya yuz bersa, insonlarning hayoti va sog'lig'iga, atrof-muhitga hamda davlat va fuqarolar mol-mulkiga katta zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ishlab chiqarish obyektlari tushuniladi. Shu sababli, bunday obyektlarni ishlatishda oddiy qoidalar emas, balki juda qat'iy va maxsus xavfsizlik talablariga rioya qilish shart hisoblanadi.
O'zbekiston sanoati raqamlarda va ularning toifalari
Bugungi kunda tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan mamlakatimizda 59 mingdan ortiq sanoat korxonalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning safiga quyidagi muhim sohalar kiradi:
Albatta, bu korxonalarning barchasida xavf darajasi bir xil emas. O'zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to'g'risidagi” qonuniga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchta tipga bo'linadi.
Yoqilg'i quyish shoxobchalari va ko'chalardagi yuklama
Mamlakatimizda transport vositalarini yoqilg'i bilan ta'minlash tizimi bir nechta yo'nalishlardan tashkil topgan:
AYOQSH: Avtomobillarga suyuq yoqilg'i (benzin va dizel) quyish shoxobchalari.
AGTKSH: Avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz (metan) to'ldirish kompressor shoxobchalari. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-iyundagi 315-sonli qaroriga muvofiq, hozirda 1 553 ta AGNKS “U-Gas” tizimida rasman ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ularning 1 459 tasida ushbu nazorat tizimi to'liq yo'lga qo'yilgan va ishlab turibdi.
AGQSH: Avtomobillarga suyultirilgan neft gazi (propan-butan) quyish shahobchalari.
Milliy statistika ma'lumotlariga e'tibor qaratsak, bugungi kunda respublikamizda 4,9 milliondan ortiq avtotransport vositalari mavjud. Eng qizig'i, ularning 4,55 milliondan ziyodi, ya'ni 92 foizdan ortig'i aynan yengil avtomobillardir. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, yurtimizdagi gaz va yoqilg'i infratuzilmasiga, ayniqsa gaz quyish shoxobchalariga tushayotgan yuklama va mas'uliyat juda yuqoridir.
Gaz infratuzilmasi
Tabiiy gaz xonadonlarimiz va zavodlarga yetib kelguniga qadar uzoq va yagona zanjirli yo'lni bosib o'tadi. U birinchi bo'lib qazib olish konlaridan olinadi, keyin qayta ishlash korxonalariga yuboriladi, u yerdan yuqori bosimli yirik gaz quvurlari orqali hududiy gaz tarmoqlariga va nihoyat sanoat hamda aholi iste'molchilariga tarqatiladi.
Bu zanjirda yuqori bosimli gaz quvurlari mamlakatning energetik xavfsizligini ta'minlovchi eng muhim bo'g'indir. Ushbu tizimda kuzatilishi mumkin bo'lgan asosiy xavf-xatarlar quyidagilardan iborat:
Xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qoidalar
Sanoat xavfsizligi — bu shunchaki rasmiy ravishda qog'ozda yozilgan quruq talab yoki jarimalardan qochish chorasi emas. Bu — birinchi navbatda inson hayoti, sog'lig'i va tinch kelajagimiz kafolatidir! Xavfsizlikka erishish uchun texnik diagnostika va ekspertizalarni o'z vaqtida o'tkazish, uskunalarni muntazam tekshirish, avtomatik himoya tizimlarini soz tutish hamda xodimlarni doimiy o'qitib borish lozim.
Korxona rahbar va mutaxassislariga tavsiyalar:
Avtomobil haydovchilarga tavsiyalar:
Usmonbek Boboyev,
Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi davlat inspektori