"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 22-iyun kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Sanoatda va tog‘-kon sanoatida ishlarni xavfsiz tashkil etish bo‘yicha davlat nazorati xizmati mas'ullaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, Mehmonlar va OKMK rahbariyati hamda Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi ma'sullari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari doirasida muzokaralar olib borildi.
Tomonlar ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini ta'minlash, mehnat muhofazasi masalalarini muhokama qilishdi.
Tadbir davomida qo‘shni davlat delegatsiyasiga kombinat faoliyati haqida ham batafsil ma'lumot berildi.
Mehmonlar Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlaridagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan ham tanishishdi.
OKMK Axborot xizmati