• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

"Saodat" jurnalining ijodiy jamoasi OKMKda

20 Oktyabr 2022, 10:28 786

2022-yil  19-oktabr kuni Xotin-qizlarning sevimli nashri bo‘lgan "Saodat" jurnalining ijodiy jamoasi OKMKga tashrif buyurishdi.

"Saodat" jurnali bosh muharriri Munavvara Usmonova, shoira Qutlibeka Rahimboyeva hamda Mahmuda Sagdullayeva va Feruza Oripovalar dastlab, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida ishchi xotin-qizlar faoliyati bilan tanishishdi. Zavodning Quyish va Mexanika yig‘uv sexlarida bo‘lgan ijodkorlar xotin-qizlar bilan muloqotda bo‘lishdi.

Shuningdek, Elektr tarmoqlari boshqarmasi faoliyati bilan tanishgan ijodkorlar bu yerdagi ayollarganing ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdilar. Elektr uskunalarni izolyatsiya qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashuvda Munavara Usmonova o‘zining “Qaldirg‘och” she'rini o‘qib berdi.

Ijodkorlarning navbatdagi manzili OKMK sanatoriy-profilaktoriysi bo‘ldi. Bu yerdagi yaratilgan sharoitlar ijodkorlarda katta taassurot qoldirdi.

Shundan so’ng MTTU MISiS Olmaliq filialida ijodkorlar hamda kombinat xotin-qizlari va  talaba qizlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbatida mehmonlar mazkur tadbir O‘zbek tili bayrami arafasida bo‘lib o‘tayotgani, ona tilining mazmun mohiyati haqida to‘xtalib, o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar haqida ham mamuniyat bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad sanoat sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishishdan iborat bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech