• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sarhisob: OKMK basketbolchi ayollarining yuksak natijalari

14 Dekabr 2022, 14:14 1390

Yil yakuniga yetib borar ekan har bir sohada erishilgan natijalar sarhisob etilib, kelgusi yil uchun rejalar belgilab olinadi. Mamlakatimizda yetaksi sanoat korxonasi bo‘lgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati nafaqat ishlab chiqarish sohasida ilg‘or, balki sportda ham samarali natijalarga erishib kelmoqda. Jumladan, bir qator sport turlari bo‘yicha kombinat jamoalari 2022-yilni yuksak g‘alabalar bilan yakunlamoqda.

Bugun biz AGMK ayollar basketbol jamoasi haqida hikoya qilamiz.

AGMK basketbol jamoasi bosh murabbiysi Jahongir Malikovich Xodjaev.

Jamoa tarkibi: Dilyara Asanova, Yelena Husnitdinova, Natalya Koneva, Anastasiya Tsoy, Inna Shek, Tatyana Soy, Farangiz Jalilova, Tatyana Komarova, Veronika Maskalyova, Darya Alikberova, Marina Zaxarova, Xristina Avdeyeva, Aleksandra Shubsova.

AGMK basketbolchi ayollari o‘z tarixlarida 10 karra mamlakat chempioni, 12 karra O‘zbekiston kubogi va 8 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi sohibasi bo‘lishgan.

Bu yilgi mavsumda ham basketbolchi ayollarimiz mamlakat chempionati oliy ligasida chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston kubogi hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik kubogiga ham AGMK ayollar basketbol jamoasi ega chiqdi.

Yana bir muhim jihat mamlakatimiz milliy terma jamoasi asosini ham AGMK jamoasi a'zolari tashkil etadi.

2022-yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi xalqaro musobaqasida 4-o‘rinni egallashdi.

Basketbol jamoamizga kelgusida ham yuqori marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech