Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qator tarkibiy bo‘linmalari birin-ketin 2022-yil uchun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan avval bajarishmoqda.
Jumladan, Qalmoqqir kon boshqarmasining Sariq Cho‘qqi koni mehnat jamoasi joriy yilning 15-noyabr ruda qazib olish rejasini muddatidan oldin bajarishga erishdilar.
Mehnat jamoasi tomonidan 4 mln 800 ming tonna ruda qazib olindi.
Shuningdek, joriy yilning oktyabr oyida ushbu mehnat jamoasi tomonidan 2 mln 846 ming metr kub tog‘ jinsi qazib olinib, ushbu yo‘nalishda ham yillik vazifa ado etilgan.
Bundan tashqari, ustki qatlam rejasi bo‘yicha ham 1 mln metr kublik natija qayd etilib, ushbu vazifa ham muddatidan avval bajarildi.
OKMK Axborot xizmati