• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sarxil mevalar ishchilar dasturxoniga

01 Iyul 2022, 9:24 1189

Mamlakatimizda kunlar isishi bilan turli xil meva, sabzavotlar g‘arq pishib, xalqimiz dasturxoniga yetkazib berilmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi bog‘bonlari tomonidan ham ayni paytda g‘arq pishgan ertangi turli xil mevalarning hosili yig‘ib olinmoqda.

IMIChB qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va yem-hashak tayyorlash uchastkasi yetakchi agronomi Shokir Ergashevning ma'lumotiga ko‘ra, 50 sotix yer maydonidagi “Muyassar” navli shaftoli, 1 gektar yer maydonidagi “Yozgi” navli olxo‘ri mevalari yig‘ishtirib olinmoqda.

Shuningdek, 50 sotix yer maydonidagi olmaning ertangi navi ham terib olinayapti.

Ushbu mevalar boshqarma savdo do‘konlariga chiqarilib, kombinat ishchi-xodimlariga arzon narxlarda sotilmoqda.

Bundan tashqari, kombinat bog‘bonlari tomonidan 1 gektar yerda olmaning kechi “Golden” navi, 1,05 gektar yerda kechki olxo‘rining “Serb” navi, 1 gektar yerda esa nok mevasi yetishtirilmoqda.

Ushbu mevalar ham arzon narxlarda kombinat ishchi-xodimlariga taklif etiladi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech