Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Ma'lumki, “Yer vaqti (kuni)” kuni munosabati bilan joriy yilning 26-mart kuni mamlakatimizda “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
“Yer soati” kuni maxsus aksiya hisoblanib, ushbu aksiyani o‘tkazishdan maqsad – tabiiy resurslarni asrash va bu orqali sayyoramizga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdan iboratdir.
Mazkur aksiya Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham yuqori saviyada tashkil etildi.
Jumladan, Angren kon boshqarmasi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmasi, Rux zavodi, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Xondiza kon boshqarmasi, Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi va boshqa tarkibiy bo‘linmalar aksiyada faol ishtirok etishdi.
Aksiya doirasida tarkibiy bo‘linmalarda tushlik vaqtida xizmat, muassasa bino va inshootlarda (ishlab chiqarish texnologiyasi binolaridan va inshootlaridan bundan mustasno) bir soatga chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalanish vositalari tarmoqdan uzildi.
Ishchi-xodimlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun ochiq havoda sayr qilishdi, sport mashqlarini bajarishdi, turli sport musobaqalarida bellashdilar.
Aksiya natijasida OKMKda 1 soatda 14,4 ming.kVt.s elektr energiyasi tejalishiga erishildi.
Ma'lumot uchun ushbu tadbir 2007-yilda Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF) tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqiradi. “Yer soati” har yili xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan yirik ekologik aksiya hisoblanadi. Bunda butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: