Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33OKMK boshqaruv raisining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari A. Azizov Fransiya davlatida elektr energiyasi samaradorligi va avtomatlashtirish bo‘yicha kompleks yechimlarni ishlab chiqish hamda yetkazib berish bo‘yicha dunyoda yetakchilardan hisoblangan Schneider Electric kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.
Kompaniya Bosh ofisi(Le Hive)da o‘tgan uchrashuvda Schneider Electric kompaniyasining vitse prezidenti Aleks Richards, tog‘ kon sanoati bo‘yicha global texnik maslahatchisi Erik Delone va dasturiy ta'minot biznesini rivojlantirish bo‘yicha menejeri Nasi Yurdakullar bilan kompaniyaning mahsulotlarini OKMK bilan birgalikda O‘zbekistonda mahalliylashtirish istiqbollari, tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohasida raqamlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha yechimlarini tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumot uchun: dunyoning 100 dan ortiq davlatlarida joylashgan Schneider Electric kompaniyasi ofis va zavodlarida 128000 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi. Kompaniyaning 2022-yildagi daromadi 34 mlrd yevroni tashkil etgan bo‘lib, elektr uskunalari va uylarni boshqarish tizimlari, sovitish tizimlari, quyosh energetikasi, elektromobillar uchun quvvat stansiyalari qurish, avtomatlashtirish yo‘nalishlarda bir qator muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan.
Axborot xizmati