Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan oilalar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Unda oilalar jipslik va hamjihatlikda bellashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etdilar. Bunday tadbirlar bolalarda sportga qiziqishni oshiradi, ota-onalar esa farzandlari bilan musobaqada faol ishtirok etish imkoniga ega bo‘lishdi.
Musobaqada ishtirokchilar estafeta yugurishi, turnikda tortinish, arg‘amchida sakrash, granata otish, joydan sakrash kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.
Qizg‘in va shiddatli kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada g‘oliblikni Signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka xizmatidan Umirqulovlar oilasi qo‘lga kiritishdi.
2-o‘rin 2-Temir yo‘l sexidan Bekmirzayevlar oilasiga nasib etdi.
3-o‘ringa Ko‘tarma transport uskunalari xizmatidan Berdiqulovlar oilasi loyiq ko‘rildi.
G‘oliblar STTB Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Otabek Minasipov,
STTB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari