• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Sen baribir, muqaddassan, muqaddas ayol!

07 Mart 2022, 19:47 876

Bugun “Metallurg” madaniyat saroyida  8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinatda mehnat qiluvchi ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

"Metallurg" MS binosida bayramona fotozonalar tashkil etilgani diqqatga sazovor.

Tadbir avvalida so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov, jamiyatda xotin-qizlarning tutgan o‘rni haqida to‘xtalib, barchani ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.

Shuningdek, kombinat ayollarini tadbir mehmoni, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, doktor Tilo Klinner ham samimiy qutladi.

Bayram tadbirida gandbol bo‘yicha AGMK erkaklar jamoasi ham ayollarni o‘ziga xos chiqish bilan tabriklashdi.

Kombinat faoliyatida ilg‘or bo‘lgan bir guruh xotin-qizlar turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, OKMK faxriy yorlig‘i hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Bayram tadbirida taniqli opera qo‘shiqchisi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari, estrada xonandasi Sardor Toirovning sho‘x-shodon qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

“Metallurg” MS badiiy jamoalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi ham olqishlarga sazovor bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech