Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirib kelinayotgan mahalliylashtirish dasturining bosh ijrochisi Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi hisoblansada, zavodda esa dasturning asosiy ijrochisi Mexanika-yig‘uv sexi sanaladi.
Sexda ayni kunlarda dastur doirasida 57 turdagi mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Oxirgi yillarda dasturga asosan bir qator mahsulotlarni ham ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Jumladan, BelAZ avtogigantlari uchun ShSL sharnirlar, podshipniklar, modul 28Z43 tish botqli val shesternalari, KMD-2200 T1 D1M hamda KSD-2200 Gr D1M maydalash uskunalariga zirhlar ishlab chiqarildi.
Yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda albatta, zamonaviy texnologik uskunalarning o‘rni beqiyos. Kombinatda amalga oshirilayotgan “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish investisiyaviy loyihasi asosida mazkur sexga ham bir qator zamonaviy texnologik uskunalar olib kelinmoqda. Xususan, joriy yilning yanvar' oyida sexning kon-shaxta uskunalari tayyorlash uchastkasiga Germaniya davlatidan Gleason P2000 tishli frezer uskunasi olib kelib o‘rnatildi. Mazkur uskuna yordamida shu paytgacha Mis boyitish fabrikasidagi tegirmonlar uchun 3 dona val shestirnalari ishlab chiqarilishiga erishildi. Ushbu uskunaning afzalliklari - u to‘liq avtomatlashtirilgan, mahsulot ishlab chiqarishdagi vaqt sarfi ham ikki baravarga kamaygan.
Ayni paytda germaniyalik mutaxassislar tomonidan Gleason P8000 uskunasini o‘rnatish va montaj qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu zamonaviy uskuna ham Mis boyitish fabrikasidagi tegirmon barabanlari uchun chambaraklar, val shesternalari ishlab chiqarishda foydalaniladi. May oyida mazkur uskuna to‘liq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, AXIOM 900 tokarlik vint kesuvchi uskunasi ham yig‘ilmoqda. Bu uskuna ham zamonaviy bo‘lib, boshqaruvi to‘liq Uskunalarni montaj qilish ishlari bilan parallel ravishda zavod xodimlari uskunalarga servis xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitilayapti. Texnologik uskunalar foydalanishga topshirilganidan so‘ng, ularning ishlash jarayoni, sozlamalari onlayn tarzda kuzatib borilishi yo‘lga qo‘yiladi
Shuningdek, joriy yilda sexga 20/5 tonna yukni ko‘tarish hajmiga ega bo‘lgan Ural ko‘prikli kran ham o‘rnatildi. Mazkur ko‘prikli kran ham zamonaviy boshqaruv qurilmalariga ega bo‘lib, sexdagi yuqori ish unumdorligini ta'minlaydi.
Har qanday mehnat jamoasida tajribali va fidoyi ishchilar sabab mehnat marralari zabt etiladi. Tish kesuvchilar Nabijon Navro‘zov, Azat Gizzatulin, chilangar-ta'mirlovchi Dilshod Rusaliyev, nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika jihozlari sozlovchisi Aleksandr Kuznesovlar ana shunday ilg‘orlardan.
Kombinat texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur sex jamoasi oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Maqsadga erishishda esa mehnat jamoasida boy ish tajribasi, ishga bo‘lgan jiddiy yondashuv, qat'iy ijro intizomi mujassam.
Sherzod TILOVBERDIYEV,
Veb-muharrir