Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq shahrining kundan-kunga yashnab, chiroy ochib borayotganligiga shahrimiz aholisi va shahrimiz mehmonlari shaxsan o‘zlari amin bo‘lmoqdalar. Manzarali rang-barang gullarning erta tongda quyosh nurida tovlanib turishi, ularning gulchambarlari va yam-yashil barglarini mayin shabadaga hamohang ravishda tebratib turishi kishi ruhiyatini ko‘taradi. Gullarning qatorlar oralatib, bir tekis chiroyli did bilan ekilganligi, tong otar chog‘i va kun botgan kezda xushmanzara gul ko‘chatlarini muntazam sug‘orilganligini kuzata turib, bu obodonlashtirish ishlarini amalga oshirayotgan Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi xotin-qizlariga rahmat aytgingiz keladi, ularga minnatdorchilik bildirib, ta'zim qilgingiz keladi.
Ko‘rinishidan soddagina, kamgap, xushfe'l bu ayollarning sabr-toqat bilan har bir gul ko‘chatini avaylab unga mehr bilan qo‘l cho‘zayotganini, begona o‘tlarni gullarga zarar yetkazmay nozik harakat bilan yulib, gullarni yanada yaxshi ko‘karishi va gullab-yashnashiga qulaylik yaratayotganligini ko‘rib inson chehrasiga mayin tabassum yuguradi. Darhaqiqat, ayol uydagi bog‘bon - bekalik mahoratini shahrimizning keng, cheksiz bepoyon ko‘chalarida, ko‘p qavatli uylar atrofida o‘z xizmat vazifasini bajarish jarayonida ham hech og‘ishmay namoyon qilishi tahsinga sazovordir.
OKMK Boshqaruv rasining buyrug‘iga asosan yaratilgan yashil makonlarda daraxt ko‘chatlari va qalamchalarini ekish va ularni parvarishlash borasida olib borilayotgan ishlarda UJTFB xodimlarining hissasi katta, albatta. Hududlarning tozaligini ta'minlash maqsadida kesilgan qurib qolgan daraxtlarning shox-shabbalari, har xil begona o‘tlar, axlat uyumlarini o‘z vaqtida belgilangan joylarga olib chiqib ketish kabi vazifalarni bajarishda ham UJTFB erkak xodimlari jonbozlik ko‘rsatib kelishmoqda. Har qanday ob-havo sharoitida, kunning istalgan vaqtida bunday yumushlarni amalga oshirish lozimligini anglab yetgan ishchi-xizmatchilarga shahrimiz aholisi chuqur minnatdorchilik bildirib kelmoqda.
Shahrimizning keng va toza ko‘chalaridagi yo‘l cheti bordyurlarini, avtomobil qatnov qismini ikki qismga ajratib turuvchi bordyurlarni muntazam ravishda bo‘yash ishlarini amalga oshirayotgan UJTFB xotin-qizlarini maxsus ish kiyimida, serg‘ayrat harakat, quvnoq, shodon o‘z xizmat vaziflarini samimiy ado etayotganligini ko‘rib, beixtiyor yuzingga tabassum yuguradi, qalbing quvonchga to‘ladi. Boshlanayotgan kun xayrli bo‘lishiga amin bo‘lasan, kishi. E'tiborlisi shundaki, bajarilayotgan obodonlashtirish ishlari, hudud tozaligini ta'minlash ishlari texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Ko‘rib turganingizdek, ishlarni bajarish vaqtida maxsus taqiqlovchi va ogohlantiruvchi belgilarni “vaqtinchalik o‘rnatilishi” bundan dalolat beradi. Uchlari, shoxlari bir tekis butalgan, tanasi ohaklangan baland daraxtlar bu azim Ona - shahrimizning uzoq yillik tarixiga shohidligini so‘zlamoqchiday viqor bilan keng, rang-barang gul ko‘chatlari ekilgan keng, shinam, toza yo‘l bo‘yida bir tekis saf tortib turganligini ko‘rib ko‘zingiz quvonadai. Albatta, ana shunday xayrli, savobli, ko‘ngillarga huzur bag‘ishlovchi ishlarni amalga oshirishda OKMK tasarrufidagi UJTFB rahbariyati, mutaxassisilari va ishchi-xizmatchilarining hamda shahrimizning obodonlashtirish boshqarmasining hissasi katta. Ajoyib fotolavhalarni kuzatib, ularga shahrimiz gullab-yashnashi, “Yashil makon”larning yanada kengayishi va rivojlanishi, xududlar tozaligini ta'minlash borasida qilayotgan samimiy va fidokorona mehnatingiz uchun “KATTA RAHMAT!!!” degingiz keladi.
Hamshaharlarimiz nomidan Saydali Rahmanov, O‘zbekiston qahramoni, So‘fi Olloyor mahallasi faoli,
Davlatali Safarov, “Saxovat” mahallasi faoli