Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan har doim inson qadrini ulug‘lash bosh maqsad bo‘lib kelgan. Ayniqsa, xotin-qizlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ularining salomatligini asrash borasida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan 1 hafta davomida tashkil etilayotgan Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida ayollar uchun bepul tibbiy ko‘riklar ham so‘zlarimizning yorqin isboti bo‘la oladi.
Ushbu tibbiy ko‘riklar zamonaviy uslublarda tashkil etilib, unda mammografiya, kolposkopiya, sitologiya, virusologiya hamda odam papilloma virusi(VPCh) tekshiruvlari o‘tkazilayapti.
Tibbiy ko‘riklar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusher ginekologi, kolposkopist hamda laborator shifokori kabi mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
- Sir emas, ko‘pchilik ayollarimiz sog‘ligiga unchalik e'tibor bermaydi. Bugun tashkil etilgan tibbiy ko‘rikka keldim, sog‘ligimga har doim e'tiborda bo‘lishim kerak. Tibbiy ko‘rik poytaxtimizdan kelgan malakali shifokorlar tomonidan tashkil etilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalar, skrining uskunlari orqali tibbiy tahlillar o‘tkazilayapti. Barcha ayollarimizni ushbu bepul tibbiy ko‘rikka chorlab qolaman. Mana shunday imkoniyatlar yaratib bergan kombinat rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - deydi Flyura Shayxuzina.
- Bachadon raki oldi skrining bo‘limimizda Germaniya davlatida ishlab chiqilgan kolposkop apparati bilan ta'minlangan. Markazimizga murojaat qilgan bemorlarni rak oldi holatlarini tekshirish uchun kolposkopik, sitologik tekshiruvlardan, papiloma virusi PSR metodi bo‘yicha tekshirilish skrining qilinadi. Har bir murojaat qilgan bemorning hayoti biz uchun muhim, - deydi Tibbiy ko‘riklar Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining akusher ginekologi, kolposkopist Malohat Oltiyeva.
Ayollarda uchraydigan onkologik kasalliklar dunyoda juda jiddiy muammo hisoblanadi.
Ular hech qanday belgilarsiz vujudga keladi. Oqibatda aniqlash va davolash imkoniyati ham ancha pasayadi.
Bugungi kunda dunyoda ko‘krak bezi saratonidan keyingi o‘rinda bachadon bo‘yni va bachadon tanasi raki judayam ko‘p uchraydi.
Bir yilda bir marta ayollarni ginekolog ko‘rikdan, tekshirishdan o‘tish kasallikni erta aniqlashda yordam beradi. Bu tekshiruvlarning samarali jihati shundaki, hujayralardagi eng kichik o‘zgarishlargacha oldindan aniqlab, vaqtliroq muolajalarni olib borish orqali ayollarda hech qanday asoratlar qoldirmasdan, kasallik qaytalanishining oldini olish imkoni mavjud. Bugungi kunda O‘zbekistonda onkologik kasalliklarni oldini olish bo‘yicha katta dasturlar amalga oshirilmoqda.
Axborot xizmati