"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33OKMK Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish rejasiga muvofiq, boshqarma ishchi-xodimlari o‘rtasida shashka bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda "Metallurg" MS vakili Mutal Nurmatovga teng keladigani topilmadi.
"Bolajon" parki ishchilaridan Safar Fayzullayev va Abduolim O‘tayevlar sovrinli o‘rinlarni egallashdi.
Ayollar o‘rtasida bahslarda 1-o‘rinni "Metallurg" MS vakilasi Feruza Turdiyeva egalladi.
33-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidan Umida Mo‘minova va 4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotidan Nazokat Sodiqovalar kuchli uchlikdan joy olishdi.
Musobaqa g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Farog‘at Matkarimova,
IOB kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi