• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Shaxmat bahslarida kombinat ayollari

07 Mart 2022, 15:33 1012

O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamda OKMK hamkorligida 8-mart – xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qiluvchi ayollar o‘rtasida turnir tashkil etildi.

“Metallurg” sport klubida tashkil etilgan turnirda shuningdek, xalqaro toifadagi grossmeyster, o‘smirlar o‘rtasidagi olimpiada chempioni, bir necha marotaba mamlakat chempioni, Osiyo va jahon chempioni Nodirbek Yakubayev tomonidan seanslar ham o‘tkazildi. Seanslarda Nodirbek bir vaqtning o‘zida 13 kishi bilan dona surdi.

E'tiborlisi, turnir O‘zbekiston shaxmat Federatsiyasining FIDE toifasidagi arbitrlari tomonidan baholab borildi.

Qiziqarli va shiddatli bahslarga boy bo‘lgan turnirda eng yoshi ulug‘ nominatsiyasida Avtomobil transporti boshqarmasi vakilasi Ulmanoy Amanova taqdirlandi.

2-Mis boyitish fabrikasi sharafini himoya qilgan Fazilat Karimova uchinchi o‘rinni egalladi.

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti vakilasi Muhayyo Xolmatova esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Mis eritish zavodi sharafini himoya qilgan Madina Saidrahimova barchadan kuchli dona surgan holda, turnir g‘olibasi bo‘ldi.

Turnir g‘olibalariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan topshirildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech